» » O‘zbekistonda vino mahsulotlari reklamasi yana televideniyega qaytishi mumkin

O‘zbekistonda vino mahsulotlari reklamasi yana televideniyega qaytishi mumkin


O‘zbekistonda vino mahsulotlari reklamasi yana televideniyega qaytishi mumkin. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasining reklama faoliyatining nazorati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Ayni vaqtda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda vino mahsulotlarini reklama qilishga qo‘yilgan taqiqni yumshatish ham taklif qilingan. Taklif ayni vaqtda “O‘zsharobsanoat”ga taqdim etilgan va u yerda ko‘rib chiqilmoqda.

“TV orqali bu turdagi reklamani faqat kechki 23:00 dan tonggi 06:00 gacha ko‘rsatishga ruxsat berish taklif qilingan. Yana bir muhim masala: bunday reklamalarda odamlar tasviri va animatsiyadan foydalanish taqiqlanadi. Ya’ni, chiroyli qizlar yoki sportchi yigitlar sharob ichib turgani tasvirlangan reklama yaratish mumkin bo‘lmaydi”, — deydi Azimov.

Hozircha bunday turdagi reklamalarni faqatgina TV orqali berish masalasi loyihaga kiritilgan. Shuningdek, internet orqali faqat ishlab chiqaruvchilarga mahsulotini reklama qilishga ruxsat berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

“Biz shuningdek, statsionar savdo nuqtalariga reklamalarni joylashtirishni va ishlab chiqaruvchilarga mamlakat ichida tashkil qilingan ko‘rgazmalarda voyaga yetgan shaxslar uchun bepul mahsulotlar namunalarini tarqatishga ruxsat berishni rejalashtirganmiz. Bularning barchasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shartlarni mahalliy pivo mahsulotini reklama qilish uchun taklif etmoqchimiz”, — dedi Azimov.

Ayni vaqtda idora bu borada Turkiya tajribasini o‘rganmoqda. Chunki mazkur davlatda ham bu turdagi mahsulotlar reklamasi uchun qat’iy taqiqlar joriy qilingan. Shuningdek ikki mamlakat mentaliteti o‘xshashligi ham bunga asos bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari reklamasi 2010-yildan boshlab butunlay taqiqlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют