» » Olimlar Antarktidadagi havo haroratining yangi rekordi haqida ma’lum qildi

Olimlar Antarktidadagi havo haroratining yangi rekordi haqida ma’lum qildi


AQSh va Niderlandiya olimlari jamoasi Antarktidada o‘rnatilgan havo haroratining yangi rekordlari haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Xabar berilishicha, 2004—2016-yillarda olimlar taxminan 100 ta holatni qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Bu holatlarda qit’aning sharqiy qismida harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha 98 darajagacha sovugan.

Olimlarning ta’kidlashicha, bunday harorat quruq va bulutsiz ob-havo sharoitida kichik pastliklarda kuzatilgan.

Harorat rekordlari haqidagi ma’lumotlar sun’iy yo‘ldoshdan olib borilgan kuzatuvlar yordamida olingan. Avval dunyoning eng sovuq nuqtasi “Vostok” stansiyasi hisoblangan. U yerda 1983-yilning 23-iyulida Selsiy shkalasi bo‘yicha 89,2 daraja sovuq qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют