» » Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi teraktlarga tayyorgarlikda gumon qilib, 15 kishini qo‘lga oldi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi teraktlarga tayyorgarlikda gumon qilib, 15 kishini qo‘lga oldi


Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) mamlakat hududida ikki radikal guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

MXQ 13—24-yanvar kunlari Olmaota shahri va uning yaqinidagi tumanlarda ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda turkum maxsus operatsiyalar o‘tkazdi.

Ikki radikal guruh, shuningdek, diniy-ekstremistik mafkura tarafdorlari bo‘lgan 6 nafar shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi. Terrorizmni targ‘ib qilish, terrorchilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorgarlik, diniy nifoq sochish va noqonuniy qurol saqlashda ayblanib, jami 15 kishi hibsga olindi.

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi

Qo‘mitaga ko‘ra, tintuvlar chog‘ida 5 ta granata, xalqaro terrorchi tashkilotlar ramzlari, ekstremistik mazmundagi adabiyotlar va elektron tashuvchilar musodara etildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют