» » Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisi boshlandi. Unda 23 ta masala ko‘rib chiqiladi (onlayn)

Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisi boshlandi. Unda 23 ta masala ko‘rib chiqiladi (onlayn)


Bugun, 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.  Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida 23 ta masala ko‘rib chiqiladi.

Jumladan, senatorlar “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi , “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini qabul qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, bugungi majlisda Ichki ishlar vazirining Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish  va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tinglanadi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisini hamda sudyalar oliy kengashi raisini tayinlash, O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish kabi masalalar ham ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют