» » Toshkentda O‘zbekistonning ulkan bayrog‘ini o‘rnatish taklif qilindi

Toshkentda O‘zbekistonning ulkan bayrog‘ini o‘rnatish taklif qilindi


“Mening fikrim” portalida Toshkent shahrida O‘zbekistonning ulkan bayrog‘ini o‘rnatish haqidagi taklif joylashtirildi.

“Toshkent shahrining markazida baland bayroqni o‘rnatish zarur. Tokay bu bayrog‘imiz shaharning istalgan burchagidan ko‘rinib tursin, tashrif buyurgan turistlarni hayratga solsin. Bayrog‘imizni ko‘rgan har bir yosh vatanparvarlik ruhini his etsin, u bilan g‘ururlansin, faxrlansin”, — deya izohlagan muallif o‘z taklifini.

Mazkur taklif hozircha 371 ta ovoz to‘pladi. Kimdir bunga “Yoshlar shundoq ham tadbirbozlikdan zerikkan, bayrog‘imizni yuragimizda asrab-sevaylik” degan bo‘lsa, boshqa foydalanuvchi “Chet elliklarga buning qizig‘i yo‘q” deya munosabat bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют