» » AQShning Los-Alamosdagi yadro laboratoriyasi xavfsizlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tolmadi

AQShning Los-Alamosdagi yadro laboratoriyasi xavfsizlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tolmadi


Amerikalik regulyatorlar yillik tekshirish yakunlari bo‘yicha Los-Alamosdagi (Nyu-Meksiko shtati) AQSh yadro tadqiqotlari milliy laboratoriyasi xavfsizligini qoniqarsiz deb topdi. Bu haqda ABC telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Mustaqil tekshiruv organi hisoblangan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident va energetika vaziriga hisobot beruvchi AQSh yadro obyektlari xavfsizligi federal boshqarmasi laboratoriya xavfsizligini baholay turib 24 ta qoidabuzilishini aniqladi.

The Santa Fe New Mexican mahalliy nashrining ma’lum qilishicha, aniqlangan kamchiliklar jiddiy bo‘lmasa-da, ular laboratoriyaga qizil baho qo‘yish uchun yetarli bo‘lgan. U esa obyekt xavfsizligi qoniqarsiz ahvolda ekanligini anglatadi.

Laboratoriya vakili Kevin Rork obyektda xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tegishli choralar qabul qilinganligi haqida ma’lum qildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют