» » Onlayn: O‘zbekistonda jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekish cheklanadi

Onlayn: O‘zbekistonda jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekish cheklanadi


Bugun, 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Qonunning maqsadi – jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekish keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, chekmaydigan fuqarolar huquqlari himoyasini ta’minlash va tamaki tutuni bilan ifloslanishning oldini olish, chilim va elektron sigaretalar chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar hamda guruh bo‘lib chekish oqibatida yuqish xavfi bo‘lgan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishdir.

Qonunda “Chilim”, “chilim uchun tamakisiz chekish aralashmasi”, “chilim chekish uchun damlama”, “chilim uchun chekish toshi”, “elektron sigareta” kabi asosiy tushunchalarning mazmuni ochib berilgan, shuningdek chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari ro‘yxatiga aniqlik kiritilmoqda.

Qonun bilan chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama va targ‘ib qilishni cheklashga doir normalar kiritilmoqda, jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash choralarini ko‘rish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar va ularning majburiyatlari belgilanmoqda, chilim va elektron sigaretalar chekish uchun jamoat joylarida xonalar va joylar ajratish, shuningdek jamoat joylarida chilimlarni, chekish aralashmalarini (chekish masallig‘ini, chekish toshlarini) foydalanish uchun taqdim etish taqiqlanmoqda.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, bunda profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar (muassasalar), tashkilotlar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning ishtirok etishining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют