» » BMT bosh kotibi Turkiya prezidenti bilan Suriya, Iroq va Kiprdagi vaziyatni muhokama qildi

BMT bosh kotibi Turkiya prezidenti bilan Suriya, Iroq va Kiprdagi vaziyatni muhokama qildi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilk safari davomida Turkiyaga keldi va Istanbulda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xalqaro tashkilot matbuot xizmatiga ko‘ra, bosh kotib Turkiya yetakchisiga Rossiya bilan birgalikda Ostonada o‘tkazilgan Suriya bo‘yicha konferensiya uchun minnatdorlik bildirdi. Shu bilan birga, “mamlakat xalqi qo‘llab-quvvatlaydigan siyosiy yechimsiz bu urinishlar muvaffaqiyat keltirmasligi”ni bildirdi.

Suhbatdoshlar Iroqdagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi. Guterrish “Mosul va boshqa hududlarni IShIDdan ozod qilish bo‘yicha operatsiya dinlararo, mazhablararo qarama-qarshiliklarni kuchaytirmasligi, terrorchilik bilan kurash milliy birdamlik ramziga aylanishi zarurligi”ni ta’kidladi.

Shuningdek, BMT bosh kotibi va Turkiya prezidenti Kiprdagi kelishuv bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют