» » Bangladeshda ikki avtobus ishtirokidagi YTHda 11 kishi halok bo‘ldi

Bangladeshda ikki avtobus ishtirokidagi YTHda 11 kishi halok bo‘ldi


Bangladeshda yuz bergan ikki avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa 12-fevral, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 9.00 atrofida Narsingdi okrugida ro‘y berdi.

“11 nafar yo‘lovchi, jumladan, ikki bola va 4 nafar ayol ikki avtobusning yuzma-yuz to‘qnashishi oqibatida halok bo‘ldi. Uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Ularning ahvoli o‘ta og‘ir”, — deya ta’kidladi okrug politsiyasi rahbari Omina Begim.

Bu Bangladesh yo‘llarida yuz bergan so‘nggi ikki kun ichidagi ikkinchi yirik hodisa. 11-fevral, shanbaga o‘tar kechasi yuz bergan avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvida 13 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishi yaralangan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют