» » Toshkentda ShHT xalq diplomatiyasi markazi ochiladi

Toshkentda ShHT xalq diplomatiyasi markazi ochiladi


Prezidentning 26-iyun kuni qabul qilgan qaroriga muvofiq, ShHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni kengaytirish maqsadida Toshkentda xalq diplomatiyasi markazi tashkil etiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

ShHT xalq diplomatiyasi markazi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va bir qator vazirliklar markazning muassislari bo‘ladi.

Markaz ShHT mamlakatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. A’zo davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va ayollar tashkilotlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishini ta’minlaydi. Shuningdek, markaz ShHT doirasida axborot sohasi bo‘yicha hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadi.

Markaz Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 45-uyda joylashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют