» » Bloomberg dunyoning eng boy oilalarini aniqladi

Bloomberg dunyoning eng boy oilalarini aniqladi


Dunyoning eng boy oilasi Walmart do‘konlar tarmog‘i sohibi Uoltonlar oilasi bo‘lib chiqdi. Ularning boyligi 151 milliard dollarga baholandi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index asosida Bloomberg agentligi o‘z reytingida ma’lum qildi, deb yozadi ForumDaily.

Bloomberg reytingining kumushi Kox oilasiga nasib qildi. Koch Industries korporatsiyasi asoschisi Fred Koxning o‘g‘illarining birgalikdagi boyligi 99 milliard dollarga yaqin.

Mars kompaniyasining asoschisi Frenk Marsning merosxo‘rlari boyligi deyarli 88 milliard dollarga baholanmoqda. Mars kompaniyasi M&Ms, Milky Way va Mars Bars kabi mahsulotlari bilan mashhur.

Reytingning to‘rtinchi o‘rnini Anheuser-Busch xalqaro kompaniyasiga egalik qiluvchi bir nechta oila egalladi. Kompaniya dunyo bo‘yicha eng yirik pivo ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bloomberg kompaniya sohiblari umumiy boyligini 54 milliard dollarga baholadi.

Eng boy oilalar beshligini fransuz modalar uyi Hermes asoschisining merosxo‘rlari tugallaydi. Bloomberg baholashicha, ular birgalikda 49 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ egasi.

25 ta eng boy oilaning umumiy boyligi trillion dollardan ortiq ekanligi ta’kidlanmoqda. Reytingga merosi hech bo‘lmaganda bir marta avloddan avlodda o‘tgan familiyalar kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют