» » Po‘lat Bobojonov: 11 mingdan ortiq jinoyatning 99,7 foizi “izi sovumasdan” fosh etildi

Po‘lat Bobojonov: 11 mingdan ortiq jinoyatning 99,7 foizi “izi sovumasdan” fosh etildi


Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov joriy yil davomida olib borilgan kompleks ishlar o‘z natijasini berganini ta’kidladi, deb yozadi O‘zA.

Sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 ming 33 taga yoki 40,7 foizga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar esa 7 ming 599 taga yoki 40,7 foizga kamayishga erishilgan.

Shu jumladan, qotillik 57 taga yoki 23,5?foizga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 89 taga yoki 19,1 foizga, nomusga tegish 76 taga yoki 76 foizga, o‘g‘rilik 2 786 taga yoki 47,5 foizga, talonchilik 223 taga yoki 60,1 foizga, bosqinchilik 89 taga yoki 57,4 foizga, transport vositalarini olib qochish 36 taga yoki 40,4 foizga pasaydi.

Respublikada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasida, bugungi kunga kelib, 4?ming 410 yoki qariyib 50 foiz mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Jinoyat qidiruv yo‘nalishida 11 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularning 99,7 foizi “izi sovumasdan” fosh etilishiga erishilgan.

Respublika hududida jinoyat sodir etib, sud va tergov idoralaridan yashiringan qidiruvdagi shaxslarning 2 ming 445 nafari ushlangan. Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish borasida 1 ming 234 noqonuniy holat aniqlandi.

Korrupsiya va iqtisod sohasida sodir etilgan, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi 2 ming 204 jinoyat aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют