» » Oksford bilan ilmiy sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Oksford bilan ilmiy sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda


Dunyoning eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biri — Oksford universitetining Islom tadqiqotlari markazi nashrida “Oksford bilan ilmiy sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda” deb nomlangan maqola e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Maqolada yozilishicha, joriy yilning mart oyida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi vakillaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyaga safar uyushtirib, Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan ilmiy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Tashrif davomida Buyuk Britaniya ilmiy doiralariga O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, qadimiy va betakror zaminning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi salohiyatini yoritib berishga bag‘ishlangan ma’ruzalar, taqdimot va ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy O‘zbekistondagi islomshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, birgalikda kataloglar nashr etish, qadimiy qo‘lyozmalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilishini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют