» » Fuqarolar Tashkent City yangi bog‘i konsepsiyasi muhokamasida ishtirok etishi mumkin

Fuqarolar Tashkent City yangi bog‘i konsepsiyasi muhokamasida ishtirok etishi mumkin


Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi fuqarolarni Tashkent City hududida paydo bo‘ladigan yangi bog‘ konsepsiyasi muhokamasiga taklif qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Yaqin yillarda Toshkent markazida yangi bog‘ paydo bo‘ladi. U Tashkent City Xalqaro biznes markazining yuragiga aylanadi. Bog‘ning funksional modelini Rossiyaning KB Strelka kompaniyasi ishlab chiqmoqda.

3-iyul kuni 19:00 da loyihaviy seminarda bo‘lajak bog‘ muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Seminar maqsadi — faol va ularga qanday bog‘ kerak ekanligiga qiziquvchi fuqarolar fikrlarini to‘plash, shuningdek, loyiha bosqichi, qolaversa bog‘ni barpo etish bosqichi uchun o‘ziga xos g‘oyalarni taklif etishga tayyor kreativ insonlarni jalb qilish.

Seminar tashkilotchilari — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, KB Strelka va Alpha Education.

Tanlovdan o‘tish uchun anketani to‘ldirish va uning tasdiqlanishini kutish lozim. Ishtirokchilar soni cheklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют