» » JCh—2018. Angliya Belgiyaga yutqazib qo‘ydi va guruhda 1-o‘rinni boy berdi

JCh—2018. Angliya Belgiyaga yutqazib qo‘ydi va guruhda 1-o‘rinni boy berdi


Biroz oldin futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining so‘nggi “G” guruhida ham 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.

Mazkur guruhda deyarli hamma narsa hal bo‘lib ulgurgan edi. Ya’ni, Angliya va Belgiya muddatidan avval keyingi bosqichga chiqqan. Faqat ular o‘zaro bahsda guruh g‘olibi nomiga aniqlik kiritib berishi lozim edi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Adnan Yanuzay tomonidan hal etildi. Uning kiritgan goli o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi va shu tariqa Belgiya guruhni peshqadam sifatida yakunladi.

Guruhning qolgan ikki jamoasi — Panama hamda Tunis termalari esa shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga chiqqan o‘yinda tunisliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Jahon Chempionati

“G” guruhi, 3-tur bellashuvlari

28-iyun, payshanba

Gol: 0:1—51 Yanuzay.

Gollar: 1:0—33 Yossin, 1:1—51 Ben Yussuf, 1:2—66 Hazri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют