» » Pan Gi Mun Garvard universitetida o‘qituvchilik qilmoqchi

Pan Gi Mun Garvard universitetida o‘qituvchilik qilmoqchi


BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun AQShning Garvard universitetida o‘qituvchilik bilan shug‘ullanmoqchi, deb ma’lum qildi uning yordamchisi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Pan Gi Munga Garvard universiteti professori bo‘lishni taklif qilishdi. BMTning sobiq bosh kotibi bu taklifni ijobiy kayfiyat bilan o‘rganmoqda”, — dedi vakil.

Keniyadagi BMT vakolatxonalaridan birida faoliyat yuritayotgan qizini ko‘rgani borgan Pan Gi Mun ayni damda ushbu Afrika mamlakatida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Pan Gi Mun bosh kotiblik lavozimidan ketgach, Janubiy Koreyaga borgan va mamlakat prezidentligi uchun saylovoldi poygasiga qo‘shilishi kutilgan edi.

Biroq keyinroq u Janubiy Koreya prezidentligiga da’vo qilmasligini bildirdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют