» » Alla Pugachyova giyohvand jiyanining farzandini vasiylikka oldi

Alla Pugachyova giyohvand jiyanining farzandini vasiylikka oldi


Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova va Maksim Galkinning oilasida uchinchi farzand paydo bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”.

Gap shundaki, qo‘shiqchi giyohvandlikdan azob chekuvchi qarindoshining farzandini o‘z vasiyligi ostiga oldi.

Bolaning otasi — xonandaning yagona jiyani Vlad Pugachyov — Primaddonaning bir necha yil avval vafot etgan tug‘ishgan ukasining o‘g‘li. Vlad uzoq yillar davomida narkotiklar qabul qilgan va giyohvandlikka qarshi muvaffaqiyatsiz kurashgan. Bo‘lg‘usi rafiqasini ham reabilitatsiya markazida uchratgan, ular farzand ko‘rgan. Ayni paytda Vlad narkotiklar tufayli nogiron bo‘lib qolgan, rafiqasi esa dozaning oshirib yuborilgani tufayli kasalxonaga tushgan.

Alla Pugachyova ota-onasining qarovisiz qolgan bolani vasiylikka olish haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirdi. U Vladni bolani vaqtinchalik olib ketishi, ammo u aqlini joyiga yig‘masa, farzandidan butunlay ajralishi haqida ogohlantirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют