» » O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga rasman ruxsat beriladi. To‘lovi 15,5 mln so‘m

O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga rasman ruxsat beriladi. To‘lovi 15,5 mln so‘m


O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga pullik asosda avtomashina oynalarini qoraytirishga (tonirovka) ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda hukumat qarori loyihasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

Hujjat loyihasida yengil avtomashinalarining orqa oynalarini 5 foiz va orqa yon oylarini 30 foizgacha qoraytirishni belgilash taklif qilinmoqda.

Tonirovka Davlat yo‘l harakati xavfsizligi tuzilmalari tomonidan 1 yil muddatga berilgan ruxsatnoma asosida, tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq IIV qoshidagi “Innovatsion loyihalar va aholiga xizmat servis xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Mashina old oynasining tepa qismida 14 santimetrdan qalin bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazishi 30 foizdan kam bo‘lmagan polosa o‘rnatish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Tonirovkaga ruxsat berish va uni o‘rnatish uchun to‘lov stavkasi jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 90, yuridik shaxslar uchun 120, xorijiy davlatlarning yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 140 barobar bo‘ladi.

Mashina oynasi qoraytirilgan xorijiy davlatlar transport vositalarida O‘zbekiston hududiga kirish va tranzit o‘tish holatlarida 15 dollar miqdorida yig‘im undiriladi.

Ichki ishlar vazirligi xizmat mashinalari oynalarini qoraytirish ruxsatnomasi va bepul o‘rnatishga ruxsat berilgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Hujjatda pullik tonirovkaga 2018-yil 1-iyulidan ruxsat berilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют