» » Abdulaziz Komilov: O‘zbekistonga 5 oy davomida 2,2 million sayyoh tashrif buyurdi

Abdulaziz Komilov: O‘zbekistonga 5 oy davomida 2,2 million sayyoh tashrif buyurdi


28-iyun kuni boshlangan Oliy Majlis Senatining  XV yalpi majlisi bugun, 29-iyun kuni ham o‘z ishini davom ettirmoqda, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Majlisning bugungi kun tartibidan 11 ta masala o‘rin olgan.

Senatorlar dastlab Tashqi ishlar vazirligining vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotini tingladi.

Vazirning qayd etishicha, o‘tgan davr mobaynida xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekistonga 572 ta, O‘zbekiston delegatsiyasining xorijiy davlatlarga 163 ta tashrifi amalga oshirildi.

Shuningdek, O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijga tashriflar va olib borilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati 17 milliard dollar bo‘lgan 182 ta yirik loyihani amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xorijiy OAVlarda O‘zbekistondagi  investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risidagi 290 ta materiallar chop etildi.

Tashqi ishlar vazirligining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi ham ko‘paydi. Joriy yilning besh oyi mobaynida O‘zbekistonga 2 203 899 nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2017-yilning shu davri bilan solishtirilganda 93 foizga ko‘p deganidir (1 138 250).

Xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi 100 dan ortiq taqdimotlar tashkil etildi. 36 ta davlat OAVda O‘zbekiston sayyohlik salohiyati haqida materiallar chop etildi. 13 ta mamlakatning 29 ta telekanalida O‘zbekistondagi diqqatga sazovor joylar haqida ko‘rsatuvlar namoyish etildi.

Vazirlik tomonidan xorijdagi o‘zbekistonlik fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, vatandoshlar bilan muntazam muloqot qilish yo‘nalishitda ham qator ishlarni amalga oshirildi.

Muhokama chog‘ida Tashqi ishlar vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalarni samaraliroq bajarishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar mavjudligi qayd etildi. Xususan, vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston tovarlari eksportini amalga oshirish, investitsiyalar  va turistlarni jalb qilish masalalari yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar hali ham o‘zlari bildirgan takliflar sohaga ixtisoslashgan idoralar va viloyat hokimliklari tomonidan uzoq vaqt ko‘rib chiqilishi bilan bogg‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.

Senatorlar Tashqi ishlar vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha istak va tavsiyalar bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют