» » Arab dunyosi ta’lim tizimi uchun 124 mlrd dollar kerakligi ma’lum qilindi

Arab dunyosi ta’lim tizimi uchun 124 mlrd dollar kerakligi ma’lum qilindi


Arab dunyosi ta’lim tizimi uni sifat jihatidan o‘zgartirish uchun katta moliyaviy sarmoyalarga muhtoj bo‘lib, ta’limni rivojlantirishga 124 milliard dollar yetishmayapti. Bu haqda Iordaniya hukumati raisi o‘rinbosari, ta’lim vaziri Muhammad Txneybat ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Iordaniya bosh vaziri o‘rinbosari 12-fevral kuni Dubayda o‘z ishini boshlagan Butunjahon hukumatlar sammitida ishtirok etmoqda.

“Ayni damda arab dunyosida ta’lim sohasidagi ehtiyojlar uchun 11—12 millard dollar ajratilmoqda, vaholanki, bu sohaga 124 milliard dollar kerak. Jamiyatni sifat jihatidan rivojlantirish uchun zarur bo‘lishiga qaramay, arab mamlakatlarida ta’lim tizimi jahonning rivojlangan davlatlaridan farqli o‘laroq, birlamchi darajada emas”, — deb qayd etdi Iordaniya vakili.

Txneybat so‘zlariga ko‘ra, arab dunyosida 70 million savodsiz bo‘lib, 14 million bola ta’lim olish huquqidan mahrum.

Bosh vazir o‘rinbosari ko‘plab arab davlatlarida davom etayotgan mojarolar va qochoqlarning ko‘payishi arab dunyosi aholisining ta’lim olishi oldida turgan to‘siqlarni ko‘paytirib, ahvolni murakkablashtirayotganini ta’kidladi.

“Iordaniyadagi davlat maktablarida o‘z mamlakatidagi mojarolardan qirollik hududida panoh topgan 70 ming suriyalik bola tahsil olmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tabiiy resurslaridan deyarli mahrum davlat budjeti uchun qo‘shimcha yuk bo‘lmoqda”, — dedi Txneybat.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют