» » Nukusda adliya bo‘limi aralashuvidan so‘ng bola bog‘chaga joylashtirildi

Nukusda adliya bo‘limi aralashuvidan so‘ng bola bog‘chaga joylashtirildi


Nukus tumani, “Samanbay” OFYda yashovchi I.Ye. o‘zining 2013-yilda tug‘ilgan qizini 5-bolalar bog‘chasiga joylashtirish uchun tuman davlat xizmatlari markazidan 14-may kuni olgan yo‘llanmani taqdim etganida mazkur muassasa rahbari “bo‘sh joy yo‘q” degan sababni ro‘kach qilib, shu kungacha qizni bolalar bog‘chasiga qabul qilishni rad etib kelgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi Nukus tuman adliya bo‘limi “KRuz.uz”ga ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ning 21-bandida bolalarni muassasaga qabul qilish yo‘llanmalar kelib tushgan yoki taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi, deb ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi holatda ushbu reglament me’yorlari buzilgan.

Mazkur holat yuzasidan murojaat Nukus tumani adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida fuqaro I.Ye.ning qizi 5-bolalar bog‘chasiga qabul qilinishi ta’minlandi

Murojaatni o‘rganish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha Nukus tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют