» » O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi raqibini 2-raunddayoq taslim etdi (video)

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi raqibini 2-raunddayoq taslim etdi (video)


Kecha, 28-iyun oqshomida Chexiya poytaxti Praga shahrida aralash qoidalar bo‘yicha X Figt Night oqshomi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Jang oqshomi doirasida o‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Unga braziliyalik David Ramires raqiblik qildi.

Jangning har bir raundi besh daqiqadan iborat bo‘lib, uch raundga mo‘ljallangan edi. Ushbu chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundning 30-soniyasi o‘tib borayotgan bir paytda referi jangni to‘xtatdi.

Mazkur g‘alaba orqali Mahmud Murodov 2016-yili o‘tkazilgan jangdagi mag‘lubiyat uchun David Ramiresdan revansh oldi. O‘sha jangdagi jarohat sabab Mahmud bahsni davom ettira olmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют