Brexit Germaniyaga 1 mlrd yevro zarar yetkazishi mumkin
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi natijasida Germaniya 1 milliard yevro yo‘qotishi mumkin. Bu fikr raqamli iqtisodiyot va jamiyat bo‘yicha yevrokomissar Gyunter Ettinger tomonidan yangradi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
“Agar Yevropa Ittifoqi budjeti avvalgidek qolsa, boshqa mamlakatlarni ham jalb etishga to‘g‘ri keladi”, — dedi Ettinger.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘z budjetini Buyuk Britaniya ulushiga teng miqdorda kamaytirsa, boshqa davlatlarni jalb etishga hojat qolmaydi.
Ettinger uchinchi variant ham borligini aytib, bunda Germaniya taxminan 1 milliard yevro miqdoridagi qo‘shimcha xarajatlarni o‘z bo‘yniga olishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Hali noaniqliklar mavjudligiga qaramay, yevrokomissar Yevropa Ittifoqi kelajagiga ijobiy nazar bilan qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasi — “Oq kitob”ni chop etgani haqida xabar qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Добавить комментарий!
