» » Hududlarda Adliya bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Hududlarda Adliya bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi


13-aprel kuni davlat rahbarining farmoniga asosan hududlarda tumanlar (shaharlar) Adliya bo‘limlari tashkil etilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi Adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida bir qator ishlar amalga oshirildi. O‘tgan davr mobaynida 300 ga yaqin sayyor qabullar tashkil etilib, jismoniy va yuridik shaxslarning 350 ta murojaatlari Adliya bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqildi. Shundan 77 tasi qanoatlantirildi va fuqarolarning turli muammoli masalalari yuzasidan qabul qilingan 190 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida.

Bundan tashqari, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish maqsadida Adliya bo‘limlari tomonidan 500 dan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatining davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazish va sayyor notarial xarakatlarni amalga oshirish tizimli ravishda davom ettirilib, o‘tgan davr mobaynida 1 800 dan ortiq sayyor notarial xarakatlar amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют