» » Dubay hukumati Senegal sog‘liqni saqlash vazirini jahonning eng yaxshi vaziri deb topdi

Dubay hukumati Senegal sog‘liqni saqlash vazirini jahonning eng yaxshi vaziri deb topdi


Dubay hukumati tomonidan ta’sis etilgan dunyoning eng yaxshi vaziri mukofotiga bu yil bezgak va Ebola virusi tarqalishiga qarshi kurashgan Senegal sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri Ava Mari Koll-Sek munosib deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mukofot topshirish marosimi 12-fevral kuni Dubayda o‘z ishini boshlagan Butunjahon hukumatlar sammiti doirasida o‘tkazildi.

Jahonning eng yaxshi vaziri nomiga, BAAdan tashqari, qator mamlakatlardan jami 20 dan ziyod nomzod ko‘rsatilgan edi. Final bosqichiga sakkiz vazir yetib keldi.

Ikkinchi bor topshirilayotgan mazkur mukofot davlat boshqaruvidagi shaxslarning odamlar hayotini yaxshilashga yordam bergan alohida ishlarini munosib rag‘batlantirish uchun ta’sis etilgan.

Dubay hukumati Senegalda Ebola virusidan xalos bo‘lingani va 2015-yil kuzida G‘arbiy Afrikadagi mazkur mamlakatda kasallik ustidan to‘la g‘alabaga erishilgani e’lon qilinganini qayd etib, bunda Senegal vazirining xizmatlari katta ekanini e’tirof etdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют