» » “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlariga eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlariga eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi


28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qaror matni va mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati O‘zAda keltirilgan.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Qarorga ko‘ra, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlash yuklatildi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etildi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

Mambetnazarov Islambek Muratbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha murabbiyi

Sagatov Sabur Baxtiyar uli — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Komservis Shumanay” xususiy korxonasi direktori

Musaboyev Shaxrizod To‘ychibek o‘g‘li — Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Oltin yer himoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Xoldarov Iqboljon Boxodirjon o‘g‘li — Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Raxmonov Sherzod Tolibovich — Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Hamro Raxmon chorva” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Haydarov Muxammad Shamsiddin o‘g‘li — “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta

Isroilov Otabek Batirovich — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yo‘l masofasi yetakchi muhandisi

Xolyigitov Behzod Mardiboy o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

harbiy qism mutaxassisi (Jizzax viloyati)

Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li — Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Tursunov Jahongir Yusup o‘g‘li — Respublika dizayn kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Qashqadaryo viloyati)

G‘afforov Ibrohimjon Qobiljon o‘g‘li — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Qudratov Istam Safar o‘g‘li — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi elektrochilangari

Murodullayev Sarvarbek Javlonbek o‘g‘li — Namangan muhandislik-qurilish institutining 4-bosqich talabasi

Yusupov Muxammadxon Olim o‘g‘li — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi yetakchi mutaxassisi (Namangan viloyati)

Alikov Kamoljon Kamtar o‘g‘li — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Registon Kamoljon” xususiy korxonasi rahbari

Bahromov Ilhom Ismoil o‘g‘li — Respublika olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Kayumxujayev Odilxuja Ikromxuja o‘g‘li — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Xamdamov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘li — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Surxondaryo viloyati)

Tuxtashov Sanjar Karomatovich — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Termiz shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi yong‘in o‘chiruvchisi

Sabriddinov Asliddin Diyoriddin o‘g‘li — Toshkent viloyati Parkent agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Sultonov Otabek Qurbonboy o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent viloyati)

Rustamov Oybek Rovshanjon o‘g‘li — Farg‘ona viloyati “Qo‘qon-1912” professional futbol klubi a’zosi

Xoshimov Qobiljon Qosimjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi harbiy qism vzvod komandiri (Farg‘ona viloyati)

Allabergenov Zafar Ulug‘bekovich — Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Egamberganov Xakimboy Kudrat o‘g‘li — O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Abdulboqiyev Jamshid Fozil o‘g‘li — Toshkent shahar Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori

Shukurov Rovshanbek Abduraxmanovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik

xizmati xodimi (Toshkent shahri)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют