» » 2017-yilda Sirdaryo viloyatida 1 095 nikohdan ajrashish qayd etildi

2017-yilda Sirdaryo viloyatida 1 095 nikohdan ajrashish qayd etildi


“Poytaxt” biznes markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan “Sirdaryo viloyatida oilalarni mustahkamlash, ajralishlar holati bo‘yicha tadqiqot va tahlil natijalari” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari, ekspertlar, psixologlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda aytilishicha, 2017-yil viloyatda 1 095 nikohdan ajrashish rasmiy qayd etilgan bo‘lib, bu 2016-yilga nisbatan 21 foizga ko‘p. Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekiston miqyosida eng yuqori hisoblanadi. 2012—2016-yillarda respublika bo‘yicha ajrimlar sonining o‘sishi 58 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 83 foizga yetgan.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 22,5 foiz oilada er-xotin o‘rtasida bir-birini tushunish, totuvlikning yo‘qligi, 15,6 foizida farzandsizlik, 15 foizida er-xotin shaxsiy hayotiga boshqalarning aralashuvi hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro mojarolar, 11 foizida surunkali ichkilik ajrimlarga asosiy sabab bo‘lgan.

Tadbir so‘ngida kelgusidagi vazifalar, amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi, jurnalistlar savollariga javob qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют