» » Britaniya harbiy-dengiz kuchlari kemasi Atlantika okeanida 14 kishini qutqardi

Britaniya harbiy-dengiz kuchlari kemasi Atlantika okeanida 14 kishini qutqardi


Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari kemasi Atlantika okeanidagi po‘rtana vaqti zararlangan yaxta ekipajini qutqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

BBC News axborotiga ko‘ra, ekipaj ikki kun davomida “falokat holati”da bo‘lgan, shanba kuni esa britaniyaliklar tomonidan qutqarilgan.

Bungacha yaxtadagilarni AQSh va Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari ko‘magida “Finlend” tankeri qutqarishga harakat qilgan, biroq noqulay ob-havo sharoiti sabab, maqsadga yeta olmagan.

Yaxtaga egalik qiluvchi Lewis Learning kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, zararlangan yaxta qayta tiklanmaydi. Ular qutqaruv operatsiyasini uyushtirishda qatnashgan barchaga “ulkan minnatdorchilik” izhor qilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют