» » Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida sudyalar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida sudyalar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi


Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi sudyalari tomonidan sayyor uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi

Sayyor uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad markaz xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan.

Uchrashuvda sudyalar markaz xodimlarini sudlar faoliyati, mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan bir qator xususiy ajrimlar muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 1) ( 86) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...