» » O‘zbekistonga tovarlar olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi

O‘zbekistonga tovarlar olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibiga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qaror bilan 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan import bojxona stavkalari va O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, 2018-yil 1-sentabrdan chegara bojxona postlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratini o‘tkazish chog‘ida veterinar, fitosanitar, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat ham amalga oshiriladi;

O‘zbekistonga olib kirilayotgan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning akkreditatsiyadan o‘tgan organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari berilgan tovarlarga nisbatan muvofiqlikka majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish talab etilmaydi;

Tovarlarning “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmaydi;

“Bojxona ombori” rejimida olti oydan ko‘p bo‘lgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida bojxona to‘lovlari yuzasidan taqdim etilgan imtiyozlar qo‘llanilmaydi.

Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda:

Respublikaga tovarlar olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar kiritilishini;

tovarlarni realizatsiya qilishning qulayligini ta’minlash uchun chegara hududlarda savdo majmualarini tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini;

Davlat bojxona qo‘mitasining veb-saytida tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakati rejimini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, har bir tovarga mos ravishda bojxona bojlari stavkalari, ushbu hujjatlarni beruvchi organlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa ma’lumotlarni real vaqt rejimida bepul asosda olish imkonini beradigan “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati joriy etilishini ta’minlash topshirildi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog‘ida davlat organlariga “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatida nazarda tutilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab etish man etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют