» » AQSh elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

AQSh elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda


Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi Pamela Spratlen O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda diplomat 29-iyun kuni AQSh mustaqilligining 242 yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimida ma’lum qildi. Mazkur kechada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Men uch yil avval kelgan mamlakatdan bugun ancha farq qiladigan O‘zbekistonda turib sizga murojaat qilmoqdaman. Shu asnoda bu on men uchun ham quvonchli, ham ma’yus ondir. Chunki ko‘pchiligingizga ma’lum bo‘lgani kabi, ajoyib tarzda o‘tgan uch yarim yildan keyin bu tadbir AQShning O‘zbekistondagi elchisi sifatida men ishtirok etadigan ehtimol oxirgi rasmiy tadbirlarning biridir.

Pamela Spratlen, AQShning O‘zbekistondagi elchisi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Toshkentdagi elchisi lavozimiga 2014-yildan buyon AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Daniyel Rozenblyum nomzodini ilgari surdi. Nomzod AQSh Senati tomonidan tasdiqlanishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют