» » Farg‘onada yiliga 2,5 million qadoq dori vositalari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega farmatsevtika korxonasi ish boshladi

Farg‘onada yiliga 2,5 million qadoq dori vositalari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega farmatsevtika korxonasi ish boshladi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida “Zinnur servis pharm” dori vositalari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi. Yangi korxonaning ochilish marosimida “Daryo” muxbiri ham ishtirok etib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Ishlab chiqarish quvvatlari hajmi va mahsulot turi bo‘yicha Farg‘ona viloyatida yagona bo‘lgan korxona aholini arzon va sifatli dori mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Yangi korxona yiliga 2,5 million qadoq tabletka va kapsula, 200 ming tubik maz mahsulotlari tayyorlash imkoniyatiga ega. Loyihaga jami 3 milliard 100 million so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, uning 1 milliard 100 million so‘mi “Xalq bank”ining Uchko‘prik tuman filiali tomonidan ajratilgan.

“Korxona Xitoy va Rossiyadagi yetakchi farmatsevtika kompaniyalarining zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlandi. Joriy yil yakuniga qadar paratsetamol, loperamid, diazolin, lineks, sinaflan kabi 10 turdagi dori vositalari ishlab chiqariladi. Kelgusida mahsulot turini 40—50 taga yetkazish rejalashtirilgan. Korxona to‘liq hajmda ish boshlagach, mahsulotlarning bir qismi qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinadi. 20 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, tibbiyot kollejlarining farmatsevtika yo‘nalishi bitiruvchilari bandligi ta’minlandi,” – deydi korxona rahbari O‘tkirbek Ziyataliyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют