» » London meri dizelli mashinalardan voz kechganlik uchun kompensatsiya to‘lashni taklif qilmoqda

London meri dizelli mashinalardan voz kechganlik uchun kompensatsiya to‘lashni taklif qilmoqda


London meri Sodiq Xon eski dizel avtomobillari egalariga ular o‘z mashinalarini atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadigan dvigatelli mashinalarga almashtirishi uchun 3,5 ming funt sterlinggacha pul to‘lashni taklif qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

So‘nggi oylarda Londonda ob-havo sharoitlari va ko‘chalarning transport bilan to‘lib ketganligi tufayli havoning ifloslanganlik darajasi keskin oshdi. Meriya vaziyatni bir necha marta favqulodda deb e’lon qildi va fuqarolarga alohida zaruriyat bo‘lmasa, avtomobilda harakatlanmaslikni so‘rab murojaat qildi.

“Xon hukumatni eski avtomobillarni utilizatsiya qilish sxemasini kiritishga chaqirmoqda, uning qiymati 500 million funtga baholanmoqda. Ushbu sxema kam daromadli fuqarolarga va unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan biznesmenlarga eski avtomobillardan qutulish imkonini beradi”, — deb yozadi Guardian.

Britaniyada dizelli avtomobillarni sotishni rag‘batlantirish siyosati benzinli dvigatellar ajratib chiqaradigan gazlar tarkibidagi uglerod dioksidi global isishga ta’sir o‘tkazadigan eng xavfli gaz ekanligi aniqlangach qabul qilindi. Ayni paytda olimlar va hukumat vakillari dizelli dvigatellar ajratadigan gazlar tarkibida bo‘ladigan azot oksidining chiqarilishi hajmi ortib borayotganidan xavotir bildirmoqda.

Mer taklif qilayotgan dasturga muvofiq, mikroavtobuslar haydovchilariga o‘z avtomobillarini ekologiyaga ziyoni kamrog‘iga almashtirishi uchun 3,5 ming funt sterling, kam ta’minlangan oilalarga esa 2 ming funt sterling beriladi.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют