» » Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi


O‘zbekiston Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unga ko‘ra soliq organlari soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi, ularga servis xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organiga aylantirildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qarorga asosan Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati tugatilib, ularda ishlaydigan jami 1245 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat soliq qo‘mitasining hududiy davlat soliq organlariga yuborilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashish va barcha soliq tekshiruvlari ta’qiqlanishi to‘g‘risidagi maxsus topshirig‘i tarqalgan edi.

Bunday turdagi nazorat tadbirlarini o‘tkazish aynan faoliyati tugatilgan tuzilma vakolatiga kirar edi. Shu sababli Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qilish, davlat soliq xizmati organlaridagi ayrim nopok xodimlar tomonidan korrupsion harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida maxsus topshiriq yuborilgan.

O‘zini soliq organi xodimi deb tanishtirib, faoliyatingizga noqonuniy aralashgan, ta’magirlik, manfaat evaziga “homiylik” qilishni taklif etgan shaxslar to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilish yoki qisqa 1198 “Ishonch telefoni”ga xabar berish so‘ralgan. Har bir murojaat qo‘mita tomonidan alohida nazoratga olinishi va murojaat etuvchining shaxsi oshkor etilmasligi kafolatlanishi bildirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют