» » Xitoy janubidagi YTHda olti kishi halok bo‘ldi

Xitoy janubidagi YTHda olti kishi halok bo‘ldi


Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida miniven va yuk mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida olti kishi halok bo‘ldi va uch kishi jabrlandi, deb yozadi “RIA Novosti” “Sinxua” agentligiga tayanib.

Hodisa 12-fevral, yakshanbaga o‘tar kechasi Meysyan uyezdidagi yuqori tezlikli trassada yuz berdi. Xabarlarga ko‘ra, tunnellardan birida miniven yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan.

Qutqaruvchilar minivendan olti kishining jasadini topdi, yana uch kishi kasalxonaga yotqizildi.

Politsiya fikricha, YTHga mikroavtobus haydovchisining toliqqanligi sabab bo‘lgan. 11-fevral, shanba kuni ertalab u qo‘shni Futszyan provinsiyasidagi Dunguan shahridan Sanminga reysni amalga oshirgan va shu kuni kechasiyoq qaytib kelgan.

Bundan tashqari, yetti yo‘lovchiga mo‘ljallangan minivenda to‘qqiz kishi bo‘lgan.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют