» » O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi


“O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.

Davlat filarmoniyasi O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” san’at saroyining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Davlat filarmoniyasining asosiy vazifasi etib milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziyani olmasdan, konsert-tomosha tadbirlarini esa bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют