» » Polshada ikki boshli mutant-buzoq tug‘ildi

Polshada ikki boshli mutant-buzoq tug‘ildi


Polshalik veterinar Karolina Sarovska yangi tug‘ilgan ikki boshli buzoqning suratini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Voqea Polsha shimolidagi Kovalevo-Pomorske shahridagi fermada bo‘lgan. Qiyinchilik bilan dunyoga kelgan buzoqcha ko‘p o‘tmay o‘lgan.

Veterinarning so‘zlariga ko‘ra, ikki boshli buzoqchaning “onasi” hisoblangan sigir uchun bu to‘rtinchi tug‘uruq bo‘lgan. Avvalgi buzoqchalarda ham muammolar bo‘lgan — bir safar uning buzog‘i ichki a’zolari tashqariga chiqib qolgani holda dunyoga kelgan.

Ekologlarning fikricha, bunday mutatsiyalar jonivorlarga tabiiy oziq o‘rniga beriladigan genetik modifikatsiya qilingan yemlardagi pestitsidlar sabab yuzaga kelishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют