» » JCh—2018. Fransiya – Argentina uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

JCh—2018. Fransiya – Argentina uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi


FIFA tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra Fransiya terma jamoasining hujumchisi Kilian Mbappe nimchorak finaldan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvning eng futbolchisi deb topildi.

Mazkur bahsda “C” guruhi g‘olibi Fransiya hamda “D” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Argentina terma jamoalari o‘zaro kurash olib bordi.

Yakunda Didye Desham shogirdlari 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Uchranglilar” forvardi esa dublga erishib, jamoasining g‘alabasiga salmoqli hissa qo‘shdi. Ta’kidlash joiz, Mbappe Fransiyaning dastlabki golida ham faol ishtirok etdi. Aynan uning sa’y-harakatlari bois ?13-daqiqada raqib darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrli jarima zarbasini esa Antuan Grizmann golga aylantirdi.

Chorak finalda Fransiya birozdan so‘ng boshlanadigan Urugvay – Portugaliya uchrashuvining g‘olibiga qarshi kurash olib boradi. “Daryo” mazkur o‘yindan matnli onlayn translyatsiyani amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют