» » JCh—2018. Edinson Kavanining gollari Ronaldu va uning Portugaliyasini uyiga ravona qildi

JCh—2018. Edinson Kavanining gollari Ronaldu va uning Portugaliyasini uyiga ravona qildi


30-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati nimchorak final bahslariga start berildi. Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgandi. Ikkala uchrashuv ham nihoyasiga yetdi.

Nimchorak finalning dastlabki bahsida Fransiya Argentinani 4:3 hisobida mag‘lub mag‘lub etdi.

Ikkinchi juftlikda esa Urugvay Portugaliyani 2:1 hisobida taslim etdi. Uchrashuv taqidirini Edinson Kavanining har ikkala bo‘limda bittadan urgan goli hal etdi. Portugaliyaning javob goli esa Pepe hisobiga yozildi.

Shu tariqa Portugaliya ham xuddi Argentina kabi mundialdagi ishtirokini nimchorak finalda yakunladi. Darvoqe, “Daryo” so‘rovnomasi natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi. Izohga hojat yo‘q!

Chorak finalning dastlabki juftligi esa aniq: Fransiya—Urugvay.

Jahon Chempionati

1/8 final bellashuvi

30-iyun, shanba

Gollar: 1:0—7 Kavani, 1:1—55 Pepe. 2:1—66 Kavani.?

Urugvay: Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Laksalt, Torreyra, Nandes (Sanches, 81), Vesino, Bentankur (Rodriges, 63), Kavani (Stuani, 74), Suares.

Portugaliya: Rui Patrisiu, Rikardu Pereyra, Pepe, Fonte, Gerreyru, Bernardu Silva, Adriyen Silva (Kuarejma, 65), Vilyam Karvalyu, Joau Mariu (Fernandesh, 85), Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 74), Ronaldu.

Ogohlantirish: Ronaldu (90).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют