» » Sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha turkiyalik mutaxassis O‘zbekistonga keladi

Sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha turkiyalik mutaxassis O‘zbekistonga keladi


Bepushtlikni davolash, ekstrakorporal urug‘lantirish va reproduktiv endokrinologiyaga ixtisoslashgan turkiyalik ginekolog shifokor Ali Enver O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Toshkent va Samarqanddagi ikkita klinikada bepul konsultatsiyalar o‘tkazadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” tashrif tashkilotchisi — Turkiyaning Remed Assistance kompaniyasiga tayanib.

16—17-iyul kunlari qabul Toshkentdagi Respublika ixtisoslashgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida hamda Clinic Pro klinikasida bo‘lib o‘tadi, 18—19-iyul kunlari esa gumanitar konsultatsiyalar Samarqanddagi Happy Mama xususiy klinikasida davom etadi.

Bundan tashqari, ikkala shaharda ham Ali Enver o‘zbekistonlik shifokorlar bilan uchrashib, bepushtlikni davolash sohasidagi tajribasi bilan bo‘lishadi.

Ali Enver Kurt Istanbul universitetining Jarrohposhsho tibbiyot fakultetini tamomlagan, qariyb 30 yildan buyon ginekolog shifokor bo‘lib ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют