» » Saratonni keltirib chiqaruvchi asosiy ikkita oziq-ovqat aniqlandi

Saratonni keltirib chiqaruvchi asosiy ikkita oziq-ovqat aniqlandi


Olimlar bir necha yillik tahlildan so‘ng saraton kasalini keltirib chiqaruvchi asosiy ikki mahsulotni aniqladi, deb xabar beradi Sputnik Which nashriga tayanib.

Olimlar fikriga ko‘ra, oshqozon va ichaklarda saraton kasalligining paydo bo‘lishiga birinchi navbatda qayta ishlangan qizil go‘sht iste’mol qilish sabab bo‘lar ekan. Aniqrog‘i, go‘shtning o‘zi emas, uni uzoqroq saqlab turish uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shiladigan nitrat va nitrit kimyoviy moddalari saratonni keltirib chiqarar ekan.

“Kuniga 50 gramm bekon iste’mol qilish saraton kasali paydo bo‘lishi ehtimolini 18 foizga oshiradi”, — deyilgan xabarda.

Saraton kasalini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqatlar orasida ikkinchi o‘rinda shakar turar ekan. Bu borada aniq dalil-isbotlar topilmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda shakar juda ko‘p mahsulotlar tarkibiga qo‘shilishi va buning oqibatida odamlarda ortiqcha vazn paydo bo‘lishi isbotlangan. Ma’lumki, ortiqcha vazn saraton ehtimolini bir necha barobar oshiradi.

Shu o‘rinda olimlar organizmda kanserogen moddalar oshishi va saraton kasali paydo bo‘lishi oldini olish maqsadida ko‘k choy, kurkuma, anor, baliq, chernika va ko‘proq meva-sabzavotlar iste’mol qilishni maslahat bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют