» » O‘zbekistondagi barcha ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbar o‘rinbosarlari suhbatdan o‘tkazildi

O‘zbekistondagi barcha ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbar o‘rinbosarlari suhbatdan o‘tkazildi


Innovatsion rivojlanish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari va Fanlar akademiyasi 25—29-iyun kunlari O‘zbekistondagi barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarini suhbatdan o‘tkazdi. Suhbatdan o‘tkazish komissiyasiga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi, deya “Daryo”ga xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ta’kidlash joizki, endilikda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari hamda Fanlar akademiyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari bo‘yicha bevosita Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisob beradi.

Suhbatdan o‘tkazish davomida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va prorektorlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar maqsadlari, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari mazmun-mohiyatini tushunishi, shuningdek, tegishli ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi ilmiy muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalarni belgilay olish ko‘nikmalarining shakllanganligiga baho berildi.

Bundan tashqari, tegishli soha va korxonalarning ilmiy-texnik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish, yoshlarni ilmiy ishga keng jalb etish bo‘yicha faoliyat natijalari darajasi o‘rganildi. Muassasaning ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati natijalari (ilmiy maqolalar, darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va boshqalar soni va sifati)ning e’lon qilinishi, xorijiy hamkorlari bilan birgalikda olib borayotgan ilmiy ishlari holatiga ham e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida prorektorlar va direktor o‘rinbosarlari suhbat jarayonida kelgusi yil davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiradigan ishlari to‘g‘risida “Yo‘l xarita”larini himoya qildi.

Komissiya yig‘ilishi bayonnomasi Prezidenti devoniga taqdim etilishi nazarda tutilgan bo‘lib, suhbatdan o‘ta olmagan xodimlarga quyi lavozimda ishlash tavsiya etilishi mumkin. Bunday lavozim bo‘lmasa yoki suhbatdan o‘tuvchi tavsiya etilgan lavozimda ishlashdan bosh tortsa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksiga muvofiq bekor qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют