» » Andijonda Yoshlar kuni 50 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi

Andijonda Yoshlar kuni 50 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi


Andijon shahridagi Islom Karimov ko‘chasida barpo etilgan 50 xonadondan iborat besh qavatli yoshlar uyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yangi uylarni topshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat va shahar kengashlari xodimlari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar uyi mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari asosida berildi.

Yosh oilalar uchun barpo etilgan yangi uy har jihatdan qulay, shinam, keng va yorug‘ hamda barcha sharoitlarga ega ekanligi bilan uy sohiblariga manzur bo‘ldi.

— Yurtimizda ilk bor nishonlanayotgan Yoshlar kunini yangi uyda kutib olayotganligimizdan behad xursandmiz, — deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi sektor mudiri Sardorbek Qosimov. — Turmush o‘rtog‘im pedagog, bir nafar farzandimiz bor. Yangi uy sohibi bo‘lganligimizdan nafaqat biz, balki ota-onam, barcha yaqinlarimiz ham xursand.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют