» » Ostonadagi “Yevroosiyo” xalqaro kinofestivalida o‘zbekistonlik ijodkorlarning 4 ta filmi namoyish etiladi

Ostonadagi “Yevroosiyo” xalqaro kinofestivalida o‘zbekistonlik ijodkorlarning 4 ta filmi namoyish etiladi


Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 1—7-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Yevroosiyo” xalqaro kinofestivalida o‘zbekistonlik 4 nafar kinoijodkorning ishlari namoyish etiladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Ostonaga Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yosh kinoijodkorlar kengashi vakillaridan iborat 15 kishilik delegatsiya yo‘l oldi.

Festivalning asosiy konkurs dasturiga Rashid Malikovning “Sabot” filmi kirdi. Qisqa metrajli kartinalar dasturida yosh rejissyorlar Abduazim Ilhomjonov va Botir Abdurahmonovning filmlari ko‘rsatiladi. “Karvon” nomli maxsus dasturda Jahongir Qosimovning “Nazira” filmi namoyish etiladi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida “Yevroosiyo” va Toshkentda shu yil kuzida bo‘lib o‘tadigan birinchi Prologue xalqaro kinofestivali tashkilotchilari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolanishi ko‘zda tutilgan. Kinofestivalni ommalashtirish uchun Ostonada maxsus pavilon ham quriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют