» » Mark Sukerberg o‘zini O‘rgimchak odam sifatida sinab ko‘rdi

Mark Sukerberg o‘zini O‘rgimchak odam sifatida sinab ko‘rdi


Facebook bosh direktori Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqda o‘zining Vashington shtati Redmond shahridagi Oculus tadqiqot laboratoriyasiga tashrifi haqida yozdi, deya xabar bermoqda 3DNews.

U Oculus’ning yangi ishlanmasi — Oculus Rift uchun kontroller qo‘lqop haqida gapirib berdi. “Biz virtual va to‘ldirilgan reallikda qo‘llardan foydalanishning yangi usullari ustida ishlayapmiz”, — deb yozdi Sukerberg.

“Bu qo‘lqoplarni kiyib, siz chizishingiz, virtual klaviaturada harf terishingiz va hatto, O‘rgimchak odam kabi o‘rgimchak to‘rini otishingiz mumkin. Men bu yerda aynan shu bilan shug‘ullanyapman”, — deya o‘z postiga ilova qilgan suratni izohladi u.

Sukerberg qayd etishicha, Oculus Research ishlab chiquvchilarining maqsadi foydalanuvchiga virtual olam bilan xuddi real olam bilan bo‘lgani kabi o‘zaro ta’sir o‘tkazish imkonini berishdan iborat.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют