» » Jizzaxda ikki Nexia to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi

Jizzaxda ikki Nexia to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 30-iyun kuni bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Paxtakor tumanida yashovchi D.U. Nexia rusumli mashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Jizzax—Paxtakor—Gagarin” avtomobil yo‘lining 30-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan N.P. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashdi.

Natijada D.U. boshqaruvidagi mashinaning ikki nafar yo‘lovchisi va haydovchi N.P. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay N.P. hayotdan ko‘z yumdi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют