» » Huawei 7 ta eski smartfonini Android Oreo’gacha yangilaydi

Huawei 7 ta eski smartfonini Android Oreo’gacha yangilaydi


Huawei kompaniyasi EMUI 8.0 qobiqli Android Oreo operatsion tizimigacha yangilanadigan smartfonlar ro‘yxatini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Ular orasida bir yo‘la yettita qurilma: Huawei P9, Huawei P9 Plus, Huawei Mate 8 va Honor 8, Honor Note 8, Honor V8 hamda Honor 6X smartfonlari bor. Yangilanish 30-iyundan joriy etila boshlandi.

Android Authority’ning ma’lum qilishicha, kompaniya yangilanishlar qaysi hududlardan boshlanishiga aniqlik kiritmagan. Birinchi bosqichlarda Android’ning yangi versiyasigacha faqat Xitoy bozori, keyinchalik boshqa mamlakatlar smartfonlari yangilanishi ehtimoli mavjud.

Ro‘yxatdagi smartfonlarning deyarli barchasi ikki yil avval chiqqan, Huawei Mate 8 esa 2015-yilning boshida taqdim etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют