» » Turli mamlakatlarning maktab avtobuslari (fotogalereya)

Turli mamlakatlarning maktab avtobuslari (fotogalereya)


Motor nashri turli mamlakatlardagi maktab avtobuslari aks etgan fotogalereyani taqdim etdi.

1927-yilda paydo bo‘lgan birinchi maktab avtobusi, u Ford Model T platformasiga qurilgan va sariq rangga bo‘yalgan edi.

B seriyasidagi Ford shassisiga qurilgan ushbu avtobus Amerika filmlarida eng ko‘p aks etadi. B600 1980—1998-yillarda chiqarilgan.

Freightliner yuk mashinasi shassisiga qurilgan ushbu avtobus 1997—2007-yillarda chiqarilgan.

Chevrolet pikaplari bazasiga qurilgan kichik furgonlar 70-yillarda ommabop bo‘lgan va kichik shaharlarga xizmat qilgan.

2001-yildan hozirgacha chiqarilayotgan maktab avtobuslari Wi-Fi, sun’iy yo‘ldoshli TV va maxsus toymaydigan pol qoplamasiga ega.

AQShning yana bir vakili, o‘z ichiga 78 yo‘lovchini sig‘dira oladi.

Norvegiyada ushbu avtobus 70-yillar o‘rtalaridan 90-yillar o‘rtalarigacha maktablarga xizmat qilgan.

Birlashgan Arab Amirliklaridagi ilk maktab avtobuslaridan biri. U mamlakatga 1993-yilda keltirilgan va u yerdagi yagona nusxa bo‘lib qolgan

Britaniya maktab avtobuslari oilasining zamonaviy vakili.

Xitoydagi turli-tuman maktab avtobuslaridan biri, ularning katta qismi Amerikaning maktab avtobuslariga taqlidan yasalgan.

Braziliyadagi ushbu maktab avtobusi olis hududlardan nogiron o‘quvchilarni tashish uchun mo‘ljallangan va nogironlik aravalari uchun maxsus maydonchalarga ega.

1964-yilda sobiq ittifoq mamlakatlarining olis qishloqlari uchun chiqarilgan va turi ranglarga bo‘yalgan.

Rossiyada eng ko‘p tarqalgan maktab avtobuslaridan biri, yuqori darajadagi qulaylikka ega o‘rindiqlar bilan jihozlangan.

Saloni yo‘nalishli taksi tamoyili bo‘yicha jihozlangan Rossiya maktab avtobusi.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют