» » Xabi Alonsoda yubiley o‘yin, “Monako”da Tyeri Anridan yaxshiroq futbolchi bor, Ranyeri “Lester”ni APLda olib qoladi

Xabi Alonsoda yubiley o‘yin, “Monako”da Tyeri Anridan yaxshiroq futbolchi bor, Ranyeri “Lester”ni APLda olib qoladi



“Atletiko”

Ispaniya La ligasining 22-turida “Selta”dan 2 ta gol qabul qilib olgan Madridning “Atletiko” klubi o‘tgan mavsumdagi limitini to‘ldirib qo‘ydi.

Bir yil muqaddam Madrid klubi butun bir mavsum davomida 18 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Bu safar esa mavsum yakuniga 16 ta tur bor bo‘lsa-da, shuncha gol o‘tkazib ulgurdi.

Fransiya chempionligi sari odimlayotgan “Monako” safida bo‘lajak yulduzlardan biri to‘p surmoqda — Kilian Mbappe.

“Mets” klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan 25-tur uchrashuvida 18 yoshli futbolchi 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada Mbappe mashhur Tyeri Anrining rekordini yangiladi.

“Arsenal” safida yulduzlik darajasiga ko‘tarilgan Anri “Monako”dagi faoliyatida 18 ta gol urish uchun 51 ta o‘yinda maydonga tushgandi — 2663 daqiqa. Mbappe esa 37 ta o‘yin — 1478 daqiqa ichida shuncha gol urib bo‘ldi.

Kelayotgan yozda butsalarini mixga ilishga qaror qilgan Xabi Alonso faoliyati davomidagi 800-uchrashuvini o‘tkazdi. “Bavariya”ning “Ingolshtadt”ga qarshi o‘yinida maydonga tushgan Alonso o‘zi uchun tarixiy natijaga erishdi.

Alonso 1999-yil professional futbolchilik faoliyatidagi ilk uchrashuvni “Real Sosyedad” safida o‘tkazgandi. Shundan keyin u “Eybar”, “Liverpul”, “Real Madrid” kabi jamoalarda harakat qildi. 2014-yilga kelib esa Myunxenning “Bavariya” klubiga qo‘shilgandi.

“Lester” 10 soatdan buyon gol urmaydi. Ketma-ket sakkiz uchrashuvning 7 tasida imkoniyatni boy bergan va faqatgina 1 tasida golsiz durang o‘ynagan Angliyaning amaldagi chempioni Premyer-ligadan uchirma bo‘lishga juda yaqin.

Biz o‘zimizga bo‘lgan ishonch va formani yo‘qotib qo‘ydik. Shunga qaramay xotirijamlikni saqlab qolishimiz kerak. Kuchli bo‘lishimiz lozim.

Bu psixologik muammo deb o‘ylamayman. Yigitlar bilan gaplashganimda, ularning hammasi bir-biriga yordam berishga tayyor ekanini anglayman. Ishonamanki, yaqin orada oyoqqa turib olamiz va APLda qolamiz.

Bizda hozircha ikkita muammo bor — gol o‘tkazib yubormoqdamiz va urmayapmiz. Angliya kubogi va Chempionlar ligasi o‘z yo‘liga. Asosiy maqsadimiz — Premyer-liga qolish. Buning uchun mashg‘ulotlarda tinimsiz mehnat qilamiz va futbolchilar bilan bir yoqadan bosh chiqarib gaplashib olamiz.

Klaudio Ranyeri, “Lester” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (13-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют