» » Ravon R2 Rossiyada eng arzon xorijiy rusumli avtomobil bo‘lib qolmoqda

Ravon R2 Rossiyada eng arzon xorijiy rusumli avtomobil bo‘lib qolmoqda


Ravon R2 xetchbeki Rossiyada narxi 439 ming rubl (6,9 ming dollar)dan boshlanuvchi eng arzon xorijiy rusumdagi avtomobil bo‘lib qolmoqda, deb yozadi Spot Daily Motor nashrining bozor monitoringi natijalariga tayanib.

Bazaviy versiyada avtomobilga avtomatik uzatish qutisi bilan juftlikda ishlaydigan 85 ot kuchiga teng dvigatel o‘rnatiladi.

Iyul reytingida ham o‘tgan oydagi kabi Ravon Nexia sedani ikkinchi o‘rinda joylashdi. Uning 1,5 litrli benzin motoriga ega bazaviy versiyasi narxi 449 ming rubl (7,1 ming dollar)ga teng.

Yetakchilar uchligiga Xitoyning to‘rt eshikli Brilliance H230 avtomobili yakun yasadi. Uning 459 ming rubl (7,3 ming dollar)lik versiyasi 1,5 litrli dvigatel va “mexanika” bilan jihozlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют